TASDIQLANGA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK

                                                                        “12” 06 2019 y. №11

TIBBIY QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MASTODINON

Preparatning savdo nomi: Mastodinon

Dori shakli: ichish uchun tomchilar

Tarkibi:

100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Agnus castus Ø (Muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) 20 g

Caulophyllum thalictroides D4 (Sassiq o‘t) 10 g

Cyclamen D4 (Yevropa siklameni) 10 g

Ignatia D6 (Ignatsiya chilibuxasi) 10 g

Iris D2 (Turfa rangli iris) 20 g

Lilium tigrinum D3 (Yo‘lbarsli liliya) 10 g

yordamchi moddalar: etanol.
Etanol miqdori: 47,0–53,0% (hajm nisbatida).

Tavsifi: tiniq, biroz sarg‘ish, xushbo‘y hidli suyuqlik.

Saqlash jarayonida biroz xiralashishi yoki sezilarli bo‘lmagan cho‘kma tushishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar.

ATX kodi: G02CX03

Farmakologik xususiyatlari

Agnus castus ekstrakti prolaktin ajralishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibitorlik ta’siri hayvonlardagi tadqiqotlarda ham tasdiqlangan. Bir qancha klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayollarda prolaktin darajasining biroz ko‘tarilishi, shuningdek, stress tufayli prolaktin miqdorining oshishi (“yashirin giperprolaktinemiya”) Agnus castus ekstrakti qo‘llanilganda kamayadi.

Farmakokinetikasi

Taqdim etilmagan.

Qo‘llanilishi

Majmuaviy terapiya tarkibida simptomatik vosita sifatida:

- hayz oldi sindromi (mastodiniya, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyat, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);

- mastopatiya;

- sariq tana yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan hayz siklining buzilishi va/yoki bepushtlikda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash

Bemorlar

Bir martalik doza

kunlik doza

Kattalar va 12 yoshdan oshgan ayol jinsidagi o‘smirlar

30 tomchi

60 tomchi

Qo‘llash usuli

Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 30 tomchidan, ozroq suv bilan aralashtirib qabul qilinadi.

Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.

Davolashning optimal samarasiga erishish uchun Mastodinon®ni kamida 3 oy davomida, jumladan hayz ko‘rish vaqtida ham qabul qilish tavsiya etiladi.

Agar 3 oylik qo‘llashdan keyin simptomlar saqlanib qolsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar: yuz shishishi, hansirash, yutishning qiyinlashishi qayd etilgan. Teridagi allergik reaksiyalar (masalan, toshma va eshakyemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, oshqozon-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, oshqozondagi og‘riq kabi) yuzaga kelishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ilk belgilari paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Eslatma: Gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud shikoyatlarning vaqtincha yomonlashishiga (dastlabki yomonlashuv) olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim!

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlardagi tajribalarda sut ajralishining kamayishi aniqlangan.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Mastodinon 12 yoshdan oshgan bolalarda balog‘atga yetish davridagi muntazam hayz ko‘rish boshlanguniga qadar qo‘llanilmasligi kerak.

Dori vositalarining o‘zaro ta’siri

Vitex agnus-castus mevalarining dopamin effektlarini kuchaytiruvchi (dopamin agonistlari), dopamin effektlarini tormozlovchi (dopamin antagonistlari), estrogenlar va antiestrogenlar bilan o‘zaro ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi.

Umumiy eslatma: Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek, qo‘zg‘atuvchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan, kofe) iste’mol qilish gomeopatik vositalarning ta’siriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘shimcha dori vositalarini qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Alohida ko‘rsatmalar

Estrogenga bog‘liq xavfli o‘smalardan aziyat chekuvchi yoki ilgari aziyat chekkan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Dopamin agonistlari, dopamin antagonistlari, estrogenlar va antiestrogenlarni qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon® tomchilarini ichishdan oldin shifokor maslahatini olishlari shart. Preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar kuchaysa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Mastodinon® tomchilarining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanatni tartibga solishni o‘z ichiga oladi, buning uchun 3 oygacha vaqt talab qilinishi mumkin. Bu vaqt ichida hayz siklining buzilishlari bo‘lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Vitex agnus-castus mevalari hayz siklini tartibga solish orqali ayollarning fertilligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tarkibida etanol borligi sababli (47-53% hajm nisbatida), ushbu vositani alkogolizmdan aziyat chekuvchi bemorlarga va alkogolga qarshi muvaffaqiyatli davolanishdan keyin qo‘llash mumkin emas. Alkogol miqdorini yuqori xavf guruhidagi bemorlarda (jigar kasalliklari yoki epilepsiyasi borlarda) hisobga olish zarur.

Tavsiya etilgan dozalarda preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Saqlash jarayonida biroz xiralashishi yoki sezilarli bo‘lmagan cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Ishlatishdan oldin silkitilsin!

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtga qadar dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma’lumot yo‘q. Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichish uchun tomchilar, 50 ml va 100 ml.

50 yoki 100 ml preparat to‘q rangli shisha flakonlarda, tomchi hisoblagich moslamasi va birinchi ochish nazorati bo‘lgan burama qopqoq bilan. 1 ta flakon tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE,

Kershenshtaynershtrasse 11-15,

92318 Noymarkt,

Germaniya.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulot sifati bo‘yicha e’tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili

“Bionorica SE” vakolatxonasi,

Toshkent sh., Bosh pochtamt, a/y 95.

office@bionorica.uz