Mastopatiya davri uchun taxminiy menyu

O’tgan bo’limlarda biz mastopatiya davrida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan va, aksincha taomnomamizga kiritish afzal bo’lgan mahsulotlarni ko’rib chiqqan edik. Ammo barcha tavsiyalarni yodda tutish qiyin. Chunki mahsulotga qarab, uning tarkibida qanday foydali va zararli moddalar borligini tushunmaslik mumkin. Mastopatiyani davolashga yordam berish bilan birgalikda, mazali ovqatlanish va kerakli mahsulotlarni izlash uchun ko’p vaqt sarflamaslik maqsadida o’z ratsioningizni qanday qilib tuzish mumkin? Biz ovqatlanish tamoyillarni ko’rsatib beradigan, bir necha kunlik taxminiy menyuni tuzdik. O’z didingizdan kelib chiqib ba’zi bir jihatlarini o’zgartirishingiz mumkin.

Mastopatiya davri uchun taxminiy menyu

1-kun:

  • Nonushta: quritilgan o’rik va yong’oqlar bilan suli bo’tqasi, na’matak damlamasi;
  • Ikkinchi nonushta: olma yoki o’rik;
  • Tushlik: zig’ir moyi aralashtirilgan sabzavotli salat, qovoqli quyuq sho’rva, pishirilgan baliq, mors;
  • Poldnik: mevali muss;
  • Kechki ovqat: dimlangan tovuq filesi va qovoqcha, kompot.

2-kun:

  • Nonushta: smetana bilan aralashtirilgan yog’siz tvorog va rezavor mevalar, mineral suv;
  • Ikkinchi nonushta: nok yoki shaftoli;
  • Tushlik: Mayiz va yong’oq qo’shilgan sabzili salat, quyuq bo’lmagan go’shtli bulyonda qaynagan karam sho’rva, pishirilgan sabzavotlar (qovoqcha, baqlajon, bulg’or qalampiri), kompot;
  • Poldnik: mevali salat;
  • Kechki ovqat: kurka filasi bilan grechka, ko’k choy.

3-kun:

  • Nonushta: arpa yormasi bo’tqasi, o’simliklar damlamasi;
  • Ikkinchi nonushta: mandarin yoki ½ ta greypfrut;
  • Tushlik: qovoq urug’i moyi bilan avokado va ko’katli salat, baliq bulyoni, gulkaram va baliq to’pchlari, quritilgan mevalardan kompot;
  • Poldnik: ko’k choy, galetlar;
  • Kechki ovqat: mol jigari va sabzavotlar, mevali jele bilan nok.

Ushbu 3 kun misolida, mastopatiya davridagi parhezni rejalashtirishda qanday asosiy tamoyillarga amal qilish kerakligi tavsiya etiladi:

  • Bo’lib ovqatlanish – kichik porsiyalarda, kuniga 5 mahal, taomlanish orasida kichik interval bilan;
  • Har bir taomlanish vaqtida ichimlik yoki suv mavjud, tanaffuslar paytida ham ichish mumkin;
  • Ko’p meva va sabzavotlar;
  • Taom tayyorlashning yumshoq usullari.

Shuningdek, parhez bilan birgalikda mastopatiyani davolash natijalarini yaxshilashga yordam beradigan turmush tarzi bo'yicha tavsiyalarni unutmang:

  • Ko’proq harakatlaning – bu kayfiyatni ko’taradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilashga yordam beradi;
  • To’yib uxlashga harakat qiling – kechasi yaxshi uxlolmagan bo’lsangiz, kunduzi 1 soat uxlab oling. Hordiq gormonal muvozanativa nerv tizimi faoliyatini tiklashga yordam beradi;
  • Sut bezini siqmasdan yoki tortmasdan tabiiy holatda ushlab turadigan qulay ichki kiyim kiying

Va muntazam ravishda akusher-ginekologga ko’rigiga borishni unutmang, chunki sut bezining holatini nazorat qilish muvaffaqiyatli davolanishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir.