TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK
“12” 06 2019 y.
№11
TIBBIY QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MASTODINON
Preparatning savdo nomi: Mastodinon
Dori shakli: gomeopatik tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Agnus castus Ø (Muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) 162,0 mg
Caulophyllum thalictroides D4 (Sassiq o‘t) 81,0 mg
Cyclamen D4 (Yevropa siklameni) 81,0 mg
Ignatia D6 (Ignatsiya chilibuxasi) 81,0 mg
Iris D2 (Turfa rangli iris) 162,0 mg
Lilium tigrinum D3 (Yo‘lbarsli liliya) 81,0 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Tavsifi: yumaloq shaklli, yuzasi yassi, sarg‘ish (bej) rangli tabletkalar, biroz pigmentatsiya bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar.
ATX kodi: G02CX03
Farmakologik xususiyatlari
Agnus castus ekstrakti prolaktin ajralishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibitorlik ta’siri hayvonlardagi tadqiqotlarda ham tasdiqlangan. Bir qancha klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayollarda prolaktin darajasining biroz ko‘tarilishi, shuningdek, stress tufayli prolaktin miqdorining oshishi (“yashirin giperprolaktinemiya”) Agnus castus ekstrakti qo‘llanilganda kamayadi.
Farmakokinetikasi
Taqdim etilmagan.
Qo‘llanilishi
Majmuaviy terapiya tarkibida simptomatik vosita sifatida:
-hayz oldi sindromi (mastodiniya, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyat, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);
- mastopatiya;
- sariq tana yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan hayz siklining buzilishi va/yoki bepushtlikda qo‘llaniladi.
Tushunarsiz, doimiy yoki qaytalanuvchi shikoyatlar yuzaga kelganda shifokorga murojaat qiling. Bunday alomatlar jiddiy kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi va tibbiy yordam talab qilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash:
Bemorlar
Bir martalik doza
Kunlik doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
1 tabletka
2 tabletka
Qo‘llash usuli:
Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 1 tabletkadan, oz miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilinadi. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun Mastodinon®ni kamida 3 oy davomida, jumladan hayz ko‘rish vaqtida ham qabul qilish tavsiya etiladi.
Agar 3 oylik qo‘llashdan keyin simptomlar saqlanib qolsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar: yuz shishishi, hansirash, yutishning qiyinlashishi qayd etilgan. Teridagi allergik reaksiyalar (masalan, toshma va eshakyemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, oshqozon-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, oshqozondagi og‘riq kabi) yuzaga kelishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ilk belgilari paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Eslatma: Gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud shikoyatlarning vaqtincha yomonlashishiga (dastlabki yomonlashuv) olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlardagi tajribalarda sut ajralishining kamayishi aniqlangan.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Mastodinon 12 yoshdan oshgan bolalarda balog‘atga yetish davridagi muntazam hayz ko‘rish boshlanguniga qadar qo‘llanilmasligi kerak.
Dori vositalarining o‘zaro ta’siri
Vitex agnus-castus mevalarining dopamin effektlarini kuchaytiruvchi (dopamin agonistlari), dopamin effektlarini tormozlovchi (dopamin antagonistlari), estrogenlar va antiestrogenlar bilan o‘zaro ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi.
Umumiy eslatma: Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek, qo‘zg‘atuvchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan, kofe) iste’mol qilish gomeopatik vositalarning ta’siriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘shimcha dori vositalarini qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Alohida ko‘rsatmalar
Estrogenga bog‘liq xavfli o‘smalardan aziyat chekuvchi yoki ilgari aziyat chekkan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Dopamin agonistlari, dopamin antagonistlari, estrogenlar va antiestrogenlarni qabul qilayotgan bemorlar Mastodinonni ichishdan oldin shifokor maslahatini olishlari shart.
Preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar kuchaysa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Mastodinon® tabletkalarining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanatni tartibga solishni o‘z ichiga oladi, buning uchun 3 oygacha vaqt talab qilinishi mumkin. Bu vaqt ichida hayz siklining buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Gipofizar buzilishlari bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Vitex agnus-castus mevalari hayz siklini tartibga solish orqali ayollarning fertilligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Sizda biron-bir qand miqdorini ko‘tara olmaslik mavjud bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
Tavsiya etilgan dozalarda preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Qandli diabeti bor bemorlar uchun ma’lumot: preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha 0,02 “non birligi” (XE) saqlaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish oshqozon-ichak buzilishlariga olib kelishi yoki laktozani ko‘tara olmaydigan odamlarda surgi ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Blisterda 20 tadan tabletka. 3 yoki 6 ta blister davlat va rus tillaridagi tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15,
92318 Noymarkt,
Germaniya.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulot (tovar) sifati bo‘yicha iste’molchilardan e’tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
“Bionorica SE” vakolatxonasi
Toshkent sh., Bosh pochtamt, a/y 95
