Mastolgiya. Nima uchun ko‘krak sohasida og‘riq bo‘ladi?

Mastolgiya atamasi sut bezidagi og‘riqni anglatadi (lotinchadan mamma – sut bezi + algia – og‘riq). Mastolgiya alohida bir kasallik emas, biroq bu og‘riq sut bezida qandaydir muammo borligidan darak beruvchi signaldir.
Agar og‘riq doimiy ravishda sezilsa – u noo‘zgaruvchan (nosiklik) deb ataladi.
Lekin ko‘pincha sut bezidagi og‘riqlar vaqti-vaqti bilan bezovta qiladi va hayz siklining ma’lum kunlarida paydo bo‘ladi. Bu siklik mastolgiya, ya’ni hayz sikli bilan bog‘liq og‘riq deb ataladi.
Hayz sikli davomidagi gormonal o‘zgarishlar sut bezi to‘qimalarida o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa turli yoqimsiz hislarga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda siklik mastolgiya hayz ko‘rishdan 5-7 kun oldin namoyon bo‘ladi va u boshlangandan 2-3 kun o‘tib yo‘qoladi. Bu holat ko‘pchilik ayollarga "hayz oldi sindromi" (PMS) nomi bilan tanish va xato ravishda me’yor (norma) deb hisoblanadi.
Biroq, sut bezida og‘riq paydo bo‘lishining ehtimoliy sabablari ro‘yxatiga nazar tashlasangiz, uning "normalligi" haqidagi ishonch yo‘qoladi.
Mastolgiya kelib chiqishining ehtimoliy sabablari
| Siklik mastolgiya | Noo‘zgaruvchan mastolgiya |
|---|---|
| Yoshga doir gormonal o‘zgarishlar (o‘smirlik davri, klimaks)) | Sut bezidagi jarohatlar va o‘tkazilgan operatsiyalar |
| Hayz oldi sindromi | Tor va noqulay byustgalter taqish |
| Homiladorlik to‘xtatilgandan keyingi gormonal buzilish | Mastit |
| Yaqin atrofdagi a’zolardagi patologik jarayonlar (o‘pka, yurak) | |
| Diffuz mastopatiya | Osteoxondroz va qovurg‘alararo nevralgiya |
| Ruhiy kasalliklar | |
| Fibroadenoma | |
| Homiladorlik va laktatsiya davri | |
| Sut bezi saratoni | |
| Gormonal preparatlar qabul qilish (majmuaviy kontratseptivlar, menopauza gormonal preparatlari) |
Shunday qilib, ayollarda sut bezidagi og‘riqlar deyarli har doim kasallik belgisi hisoblanadi va mutaxassisga murojaat qilishni talab etadi.
Diqqat! Agar 30-50 yoshdagi ayolda sut bezining ma’lum bir qismida lokalizatsiyalangan (chegaralangan) og‘riq paydo bo‘lsa, u joyda qattiqlashish yoki teri qizarishi kuzatilsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish shart!

Mastolgiyani davolash nima uchun kerak?
Ko‘pgina ayollar mastolgiya bilan bog‘liq tekshiruvlarni bu shoshilinch masala emas deb hisoblab, keyinga suradilar. Shuni tushunish muhimki, surunkali og‘riq, hatto ortida jiddiy kasallik turmagan bo‘lsa ham, o‘z-o‘zidan salomatlikka zarar yetkazadi.
Oyma-oy takrorlanadigan og‘riq hayot sifatini pasaytiradi. Uning natijasida hayotiylik (tonus) pasayadi, depressiya va uyqusizlik rivojlanishi mumkin. Bu buzilishlar, o‘z navbatida, mavjud gormonal muvozanatning yanada yomonlashishiga olib keladi. Natijada "ayanchli doira" (yopiq halqa) hosil bo‘ladi va undan mustaqil ravishda chiqib ketish juda qiyin kechadi.
Nosiklik mastolgiyani davolash turli mutaxassislarga murojaat qilishni va asosiy kasallikni (masalan, qovurg‘alararo nevralgiya, osteoxondroz va h.k.) davolashni talab qilishi mumkin.
Agar gap gormonal preparatlarni (majmuaviy oral kontratseptivlar (MOK) yoki menopauza gormonal terapiyasi) qabul qilish natijasida kelib chiqqan mastolgiya haqida borsa (bu holat qabul qilishning dastlabki oylarida kuzatiladi va prolaktin sekretsiyasining oshishi bilan bog‘liq), u holda prolaktinning yuqori (funksional) darajasini normallashtirishga yordam beruvchi va shu orqali sut bezlaridagi og‘riqni kamaytiruvchi o‘simlik preparatlari, masalan, Mastodinon® tayinlanadi.
Gormonal muvozanatning o‘zgarishi bilan bog‘liq (siklik) mastolgiya holatlarida esa ginekolog shifokor buzilgan muvozanatni tiklash uchun preparatlar tayinlash orqali yordam berishi mumkin. Siklik mastolgiya va diffuz mastopatiyada qo‘llaniladigan vositalar qatoriga o‘simlik asosidagi gormonal bo‘lmagan Mastodinon® preparati kiradi. U 3 oydan kam bo‘lmagan muddatga tayinlanadi, shuningdek, qisqa tanaffusdan so‘ng kursni qaytadan davom ettirish mumkin.
Davolash qancha erta boshlansa, "ayanchli doira"ni uzish shunchalik oson bo‘ladi. Mastolgiyani davolashdan maqsad — gormonal muvozanatni tiklashdir. Gormonal fon barqarorlashgani sari, ayol kishi har oy yoqimsiz simptomlar chekinayotganini sezib boradi:
Sut bezidagi og‘riq va taranglik kamayadi;
Ruhiy xotirjamlik (muvozanat) tiklanadi;
Gormonal disbalans bilan bog‘liq boshqa alomatlar — qabziyat, suyuqlik yig‘ilishi (shishlar), bosh og‘rig‘i va boshqalar o‘tib ketadi.
Mastolgiyaga chalg‘imasdan, odatdagi hayot tarzingiz bilan yashang!
- А.В.Ледина, В.Н.Прилепская. Масталгия: клиника, диагностика, лечение ГИНЕКОЛОГИЯ 68 | ТОМ 13 | №5 2012 68-71.
